Biz haqimizda
Muassasa tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022-dagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son va 31.01.2023-dagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmonlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” Davlat muassasasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2026-dagi 8-sonli qaroriga asosan 27.03.2026 sanasida “O‘ztextreyd” DM “O‘ztextreyd” Davlat muassasasi sifatida qayta tashkil etildi.
Muassasa maqsad va vazifalari
“O‘ztextreyd” DM:
- davlat mudofaa buyurtmasi doirasida xorijda ishlab chiqariladigan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish (import qilish) bo‘yicha yagona agent hisoblanadi;
- Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasining maxsus organlar ehtiyojlari uchun xorijda ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish (import qilish), shuningdek, foydalanishdan chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni tashqi bozorlarga sotish (eksport qilish) to‘g‘risidagi shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar “O‘ztextreyd” DMning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- maxsus organlar ehtiyojlari uchun xorijda ishlab chiqariladigan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish (import qilish) bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshirish;
- foydalanishdan chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni tashqi bozorlarga sotish (eksport)ni amalga oshirish;
- mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning eksportiga ko‘maklashish;
- xorijiy hamkorlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshirishda va mudofaa sanoati sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etishda ishtirok etish.