Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi
Inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilamiz.
Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va e’lon qilamiz.
Konstitutsiyaning bo‘limlari
Asosiy konstitutsiyaviy prinsiplar
O‘zbekiston — respublika shakliga ega suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Davlat organlari jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldir.
Konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.
Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyatdir.